Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Bahor mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi

🏘 Bahor mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Tuychiyeva Dilshoda Daminovna tomonidan Bahor mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi.
📌 Mazkur faoliyat doirasida viloyat Kengashidan mas’ul deputat — A. Surmanov, biriktirilgan mas’ul tashkilot — tuman elektr tarmoqlari korxonasi etib belgilangan.
👥 Mahalla yettiligi:
🔹 A. Tog‘ayev — mahalla raisi;
🔹 D. Kubayev — hokim yordamchisi;
🔹 A. O‘ralov — yoshlar yetakchisi;
🔹 N. Mavlonova — xotin-qizlar faoli;
🔹 S. To‘rayev — profilaktika inspektori;
🔹 E. Maxamadiev — ijtimoiy xodim;
🔹 J. Umarov — soliq inspektori.
📊 Ijtimoiy reestrda 46 ta oila mavjud bo‘lib, shundan 22 tasi davlat ta’minotida, 20 tasi kambag‘al, 4 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalar hisoblanadi.
🤝 Ijtimoiy xizmatlar va bandlik
Faoliyat rejasiga muvofiq:
🔹 7 nafar oila a’zosiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
🔹 9 nafar a’zoni ta’lim xizmatlari, jumladan, fan to‘garaklari va maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish;
🔹 10 nafar a’zoga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
🔹 9 nafar fuqaroni daromadli mehnat bilan ta’minlash;
🔹 ijtimoiy reestrdagi 10 ta oilaning yashash sharoitini yaxshilash choralarini ko‘rish;
🔹 mahalladagi 12 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish orqali barqaror daromad manbaini ta’minlash;
🔹 32 ta mikroloyihani tashkil etish orqali kamida 64 ta ish o‘rni yaratish;
🔹 uzoq muddat mehnat migratsiyasida bo‘lgan 14 nafar fuqaroning oila a’zolari bilan manzilli ishlash, kam daromadli fuqarolarni qaytarish va ularning bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish belgilangan.
🏗 Ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash
Bahor mahallasi infratuzilmasini yaxshilash hamda mahallalarni bog‘lovchi avtomobil yo‘lini ta’mirlash doirasida:
🔸 3 dona transformator punktini mukammal ta’mirlash;
🔸 2,5 km uzunlikdagi yo‘lni mukammal asfaltlab ta’mirlash;
🔸 ichki ko‘chalarda tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish;
🔸 ariqlarni tozalash ishlari rejalashtirilgan.
📅 Ushbu ishlarni amalga oshirish muddati 30-dekabrgacha etib belgilangan bo‘lib, ijrosi har ikki haftada monitoring qilib boriladi.
💰 Faoliyat rejasida ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha 5 ta loyiha, jami 3 mlrd so‘mlik ishlar ko‘zda tutilgan.
🎯 Mazkur faoliyat rejasining asosiy maqsadi — Bahor mahallasida aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash va hudud infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etishdan iborat.

Slide 1 of 1