Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#162_qonun
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
“Vatanparvar” tashkilotining Sherobod tumanidagi faoliyati o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Sherobod tumani o‘quv-sport texnika klubida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi 674-I-son Qonuni talablari asosida avtomobil transporti sohasida olib borilayotgan ishlar, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda amaliy mashg‘ulotlarning tashkil etilishi ko‘rib chiqildi.

Xususan, savolnoma asosida:
avtomobil transporti va avtotransport vositalarining qonunchilikda belgilangan tushunchalari;
tashuvchi va mijoz o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar;
yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni tashish bilan bog‘liq talablar;
avtomobil transportidan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi;
o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash jarayonlari o‘rganildi.

Shuningdek, “Vatanparvar” tashkiloti Sherobod tumani o‘quv-sport texnika klubida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy o‘quv vositalari va amaliy mashg‘ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishildi hamda o‘quvchilarning avtomobil boshqaruvi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida mashg‘ulotlarda foydalanilayotgan yengil avtomobillarning texnik holati, ularning o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishdagi ahamiyati ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida o‘quvchilarning yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishi, nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish hamda yoshlarni transport vositalaridan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanishga tayyorlash muhimligi ta’kidlandi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 4