Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
#Deputat_o‘rganishi #Biriktirilgan_tashkilot_bilan_hamkorlik YOSHLAR SIYOSATINI SAMARALI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA ISHLAR TAHLIL QILINDI



❇️ Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, 21-Sharof Rashidov saylov okrugidan saylangan deputat Ra’no Fozilova tomonidan biriktirilgan Chinoz tumani Yoshlar ishlari bo‘limining faoliyati o‘rganildi.

✍️ O‘rganish jarayonida bo‘lim tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash hamda iste’dod va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📚 Jumladan, bo‘lim rahbari Lazizjon O‘tkirov boshchiligida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar o‘rtasida turli loyihalar va tadbirlarni tashkil etish, muammoli yoshlar bilan manzilli ishlashga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

✅ Shuningdek, deputat va Yoshlar ishlari bo‘limi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, yoshlarning murojaatlarini muntazam o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📋 O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, aniqlangan muammolarni hamkorlikda hal etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4