Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat maqolasi: muhim masala jamoatchilik e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganish ishlari
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Markaziy harbiy okrug Maʼnaviyat va maʼrifat markazida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
🎓 Samarqand davlat iqtisodiyot va servis institutida “Umummilliy talabalar so‘rovnomasi” faol davom etmoqda!
янв.21
📌 Deputatlar ishtirokida muhim masalalar muhokama etildi.
янв.21
📣📌 MAHALLADA YANA BIR MUAMMO IJOBIY YECHIM TOPDI!
янв.21
📣📌 SAYYOR QABUL — FUQAROLAR MANFAATI YO‘LIDA AMALIY QADAM
янв.21
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
янв.21
📚 TA’LIM — TARAQQIYOT POYDEVORI 🗞 “Samarqand” gazetasining 2026-yil 17-yanvar kungi 2 (2619)-sonida Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Olim Pardayevning “TA’LIM — TARAQQIYOT POYDEVORI” mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Baxtigul Asrorova saylovchilar bilan uchrashdi
⚡️Yettinchi chaqriq Xalq deputatlari tuman Kengashining 6-sessiyasi chaqirilmoqda

⚡️Yettinchi chaqriq Xalq deputatlari tuman Kengashining 6-sessiyasi chaqirilmoqda

 Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq oltinchi sessiyasi 2025-yil 17-yanvar kuni soat 15:00ga tuman hokimligining majlislar zaliga chaqirildi. 

Kun tartibida quydagi masalalar ko‘rib chiqiladi

 1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-5-V-sonli qarorini ijrosi to‘g‘risida. 

2) Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi va doimiy komissiyalarning 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida. 

3) Tumanda 2024-yil davomida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i E.Davronovning axboroti. 

4) 2024-yil 4-chorak davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati, aholi muammolarini aniqlash va hal etish, eng ko‘p kelib tushayotgan va takroriy murojaatlar, hududdagi aholi kayfiyati
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bulung‘ur tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri Sh.Narmatovning axboroti. 

5) Tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i B.Isokovning mahalliy byudjet prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash, hududning iqtisodiy o‘sish nuqtalarini inobatga olgan holda qo‘shimcha manbalarni aniqlash, soliq qarzlarini
qisqartirish, ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari hamda 2025-yildagi ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi hisoboti. 

6) Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi huzurida Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiyasining komissiya tarkibini va Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida 

7) Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanining 2024-yilgi mahalliy budjetiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida 

8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish
dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli qororining tumandagi ijrosi haqida 

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi