Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Ipak yo‘li mahallasida ijtimoiy holat va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati A.Mahkamov hamda unga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yakubova tomonidan Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy holat, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, aholining ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ayniqsa, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni aniqlash, ularning mavjud muammolarini o‘rganish hamda tegishli xizmatlardan foydalanishini ta’minlash borasidagi ishlarning amaliy natijalariga e’tibor qaratildi. Fuqarolarning murojaatlari, oilalarning ijtimoiy sharoiti va ehtiyojlari mahalla darajasida qay darajada o‘rganilayotgani yuzasidan mas’ullarning faoliyati ham tahlil qilindi.

O‘rganish faqat mahalla binosidagi ma’lumotlar bilan cheklanib qolmay, ijtimoiy reyestrga kiritilgan ayrim oilalarning xonadonlariga borilgan holda davom ettirildi. Bu orqali oilalarning real ijtimoiy sharoiti, mavjud ehtiyojlari va ularga ko‘rsatilayotgan yordamning manzilliligi bevosita joyida ko‘rib chiqildi.

Deputatlik nazorati davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ehtiyojmand oilalar bilan ishlashda mavjud muammolarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlarning samaradorligi va manzilliligini yanada oshirish zarurligi qayd etildi.

Bunday o‘rganishlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini joyida aniqlash va amaliy yechim topish bilan birga, mahallalarda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6