Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
#haftalik_ish_reja #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #sessiya_kun_tartibiga_kiritilgan_masala #162_qonun 🛡 “Turon” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar muhokama qilindi

Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar deputatlik nazoratida.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normurodova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugiga qarashli “Turon” mahallasida bo‘lib, hududdagi profilaktik ishlarning holatini o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish davomida mahalla yettiligi vakillari bilan birgalikda hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, mahalladagi kriminogen vaziyat, profilaktik hisobda turuvchi va huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlash, muammoli oilalarni aniqlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolarining o‘zaro hamkorligi, mavjud muammolarni birgalikda aniqlash va har bir holat bo‘yicha manzilli choralar ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📌 Mazkur o‘rganish shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan shaharda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasining samaradorligi masalasi doirasida tashkil etildi.

🤝 Xavfsiz mahalla — hamjihatlikdagi sa’y-harakatlar natijasi. Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.