Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
KO‘RKAM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mutalov Omonulla Nig‘matullayevich o‘z saylov okrugidagi Ko‘rkam mahallasiga tashrif buyurib, mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash tizimi va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.


O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.


Shuningdek, mahallada xotin-qizlar bilan individual ishlash, ularning ehtiyojlarini o‘rganish va aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.


Tashrif yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 2