Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
“Banokatiy” mahallasida piyodalar o‘tish joyiga svetofor o‘rnatish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “Banokatiy” mahallasida piyodalar o‘tish joyiga svetofor o‘rnatish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi “8-Fayziobod” saylov okrugi deputati Toshpo‘lat Matibayev tomonidan Mirobod tumani “Banokatiy” mahallasida piyodalar xavfsizligini ta’minlash va piyodalar o‘tish joyiga svetofor o‘rnatish masalasi yuzasidan Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Baxtiyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔺 Deputatlik so‘roviga saylov okrugi hududida tegishli mas’ullar ishtirokida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va hududiy o‘rganishlar davomida kelib tushgan murojaatlar asos bo‘lgan.

📋 O‘rganishlar davomida Mirobod tumani “Banokatiy” mahallasidagi Banokatiy ko‘chasida, Toshkent davlat transport universitetining orqa darvozasi qarshisida joylashgan piyodalar o‘tish joyiga svetofor o‘rnatish zarurati mavjudligi aniqlangan.

🚦 Mazkur hududdagi yo‘l harakati holati Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining tegishli mas’ul xodimlari tomonidan ham atroflicha o‘rganib chiqilgani deputatlik so‘rovida qayd etilgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Toshpo‘lat Matibayev tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Baxtiyevdan “Banokatiy” ko‘chasidagi Toshkent davlat transport universitetining orqa darvozasi qarshisida joylashgan piyodalar o‘tish joyiga svetofor o‘rnatish masalasini tegishli tartibda o‘rganib chiqish so‘ralgan.

⚠️ Mazkur tashabbus hududda transport va piyodalar harakatini tartibga solish, yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqarolar uchun xavfsiz sharoit yaratish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan.

📁 Shuningdek, Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Baxtiyevdan o‘rganish natijalari yuzasidan 10 kun muddatda tegishli ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 “Banokatiy” mahallasida piyodalar, talabalar va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga qaratilgan mazkur masala deputat Toshpo‘lat Matibayev tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1