Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
#_24_Masala

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati (“Adolat” SDP deputatlik guruhi a’zosi), Kotibiyat mudiri Mansur Urazbayev deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda isitish tizimlarining holatini o‘rganish maqsadida tumandagi 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldi.

O‘rganish davomida deputat ta’lim muassasasi xonalari va sinfxonalaridagi harorat, isitish qozonlarining sosozligi, yoqilg‘i zahirasi hamda o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun yaratilgan issiq va qulay sharoitlarni bevosita ko‘zdan kechirdi.

🔍 O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor qaratildi:
🌡 Sinfxonalardagi harorat rejimiga: O‘quv xonalarining mavsum talablariga mos darajada isitilayotgani va issiqlik saqlanishi;
🛠 Isitish uskunalarining holatiga: Qozonxona va issiqlik tarmoqlarining texnik sozligi hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi;
❄️ Zahiraga: Qishki mavsum uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i va zaxira resurslarining yetarliligi.
💬 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan maktab ma’muriyati va mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish va mavsumni betalafot o‘tkazish bo‘yicha nazorat o‘rnatildi.

📌 Aholi va ta’lim muassasalarida issiq va xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi nazorat va o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 3