Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
#Biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 6-sonli DMTTda ta’lim-tarbiya sifati va sharoitlar o‘rganildi

Bandixon tumanida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolajonlarning zamonaviy sharoitlarda ta’lim va tarbiya olishlarini ta’minlash hamda sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati I.A.Xalmatov hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tumandagi 6-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazdilar.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan normalarning hayotga tatbiq etilishi holatini baholash maqsadida tashkil etildi. Monitoring davomida guruh va yotoqxonalarning moddiy-texnik holati, o‘quv mashg‘ulotlarining interaktivligi, tarbiyalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan taomlarning sifati, saqlanish sharoitlari va sanitariya me’yorlariga rioya qilinishi ko‘rib chiqildi.

Tashrif yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan ta’lim sifatini yaxshilash, ovqatlantirish tizimi ustidan doimiy nazoratni o‘rnatish hamda dars jarayonlariga ilg‘or innovatsion metodikalarni tatbiq etish bo‘yicha bog‘cha ma’muriyatiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3