Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#Kotibiyat_mudiri
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Obodonlashtirish ishlari va sport ob’ektlari faoliyati o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi farovonligini oshirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va yoshlar bandligini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman Kengashi deputati B.Yo‘ldoshevlar "Bandixon" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar. Tashrif davomida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining "24 ta eng muhim yo‘nalishi" doirasida obodonlashtirish ishlarining sifati hamda mahallada barpo etilgan zamonaviy Workout sport maydonchasining holati o‘rganildi.

Monitoring jarayonida yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, maydonchadagi jihozlarning sozligi va xavfsizlik talablariga muvofiqligi baholandi. Shuningdek, aholi bilan muloqot o‘tkazilib, hududni rivojlantirishga oid takliflar tinglandi. Tashrif yakunida aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 1