Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Mazkur tadbir Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 16-“Mo‘minqul” saylov okrugidan saylangan deputati Qodirov Rasul Saydullayevich tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputati, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan “Mo‘minqul” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasidagi ishlarning samaradorligi tahlil qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish, aholining iqtisodiy faolligini oshirish hamda mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning ijrosi deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 8