Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi

#kotibiyat_mudiri
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi

Tuman Kengashining tegishli qarori asosida 33-sonli maktabda inklyuziv ta’limni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar kotibiyat mudiri Sh.Raximov tomonidan ijtimoiy xizmatlar markazi direktori U.Yuldashev hamda tuman MMTB mas’ul xodimi bilan hamkorlikda o‘rganildi.
O‘rganishda inklyuziv ta’lim uchun ajratilgan mablag‘larning qanday yo‘naltirilayotgani va ularning maqsadli sarflanishi, shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilar uchun maktabda zarur sharoitlar yaratilganligi tahlil qilindi.
Maktab binosi va hududida to‘siqsiz muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan keyingi ishlar va nazorat choralari belgilab olindi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 4