Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
“Do‘stlik” mahallasida deputatlik nazorati olib borildi

Hududlarda mahalla faoliyatini takomillashtirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlash borasida deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 11-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati S.Xodjayeva “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, mahalla vakillari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida ijtimoiy xodim, hokim yordamchisi hamda profilaktika inspektori bilan suhbatlashilib, ularning mahalladagi faoliyati, aholi bilan ishlash jarayoni, fuqarolar murojaatlari hamda mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, hududda ijtimoiy masalalarni hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘nalishlaridagi ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “24 ta eng muhim yo‘nalishi” doirasida tashkil etilib, mahalladagi mavjud holatni o‘rganish hamda aniqlangan masalalarni nazoratga olishga qaratildi.

Slide 1 of 3