Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Mashad mahallasida ijtimoiy holat va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan 25-Orolbo‘yi saylov okrugi hududidagi Mashad mahalla fuqarolar yig‘inida olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy holat, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash, aholining ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va manzilliligi masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida reyestrga kiritilgan oilalarning ijtimoiy holati bevosita xonadonlarga borilgan holda ham ko‘rib chiqildi.

Jumladan, 25-Orolbo‘yi saylov okrugi, Mashad mahallasi, Zarafshon ko‘chasi, 243-uyda istiqomat qiluvchi II guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro Ziyatova Mahliyoning holati o‘rganildi. Fuqaro davlat ta’minotidagi oilalar ro‘yxatiga kiritilgani, ayni paytda xonadonida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani aniqlandi.

Mazkur xonadondagi sharoitlar mahalla xotin-qizlar faoli X.Xolboyeva hamda mahalla nuroniysi M.Yusupova hamrohligida o‘rganildi.

O‘rganish davomida ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni tegishli tartibda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5