Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Bilimlar kuni — yangi o‘quv yilining unutilmas boshlanishi

Bilimlar kuni — yangi o‘quv yilining unutilmas boshlanishi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2026-yil 28-avgustdagi 09-14/3538-sonli xatida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, 51-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori R. Mirzayeva ta’lim muassasasida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan Bilimlar kuni tadbirida ishtirok etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarga o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, maktabning 1-sinf o‘quvchilariga Prezidentimizning sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Bu esa jajji o‘quvchilarning ilk maktab kuniga yanada ko‘tarinki ruh va quvonch bag‘ishladi.

Tadbir doirasida 11-sinf o‘quvchilari uchun “Kelajak soati” darsi o‘tkazilib, yoshlar bilan Vatanimizning buguni va kelajagi, sifatli ta’lim olish, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallash, aniq maqsadlar sari intilish hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish masalalari yuzasidan suhbatlashildi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 5