Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi raisi, 12-Aranshi saylov okrugi deputati R.Djumanova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish va ijtimoiy yo‘nalishdagi ishlar haqida saylovchilarga batafsil axborot berildi.

Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, uy-joy, kadastr, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, obodonlashtirish hamda yo‘l masalalari bo‘yicha muammolari o‘rganildi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarning har biri deputat tomonidan e’tiborga olinib, ularni tegishli tartibda hal etish masalasi nazoratga olindi.

Uchrashuv yakunida murojaatlarni o‘rganish va amaliy yechim topish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi. Bunday uchrashuvlar aholining muammolarini bevosita o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda hududdagi dolzarb masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4