Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati F.Sarmanov, Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputatlari N.Dushayeva va B.Baxovadinovlar tomonidan tumandagi 59-son oilaviy poliklinikaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga tayyorgarligi, bino va xonalarning isitish tizimi holati, elektr energiyasi hamda boshqa zarur kommunal xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

Kuz-qish mavsumida aholiga, keksa yoshdagi fuqarolar, bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga tibbiy xizmatlarni uzluksiz ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, muassasani kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holga keltirish hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda uzluksizlikni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga takliflar bildirildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3