Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Uchqun mahallasida hududdagi mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Uchqun mahallasida hududdagi mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonuni hamda "Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, hududlarda mavjud muammolarni manzilli o‘rganish, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish va infratuzilma obyektlarining holatini yaxshilash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev tomonidan Uchqun mahallasi hududida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki ko‘chalarning holati, elektr ta’minoti infratuzilmasi, yo‘l bo‘yi ariqlari, piyodalar harakati xavfsizligi hamda hududni obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalar tinglandi.

Hududni ko‘zdan kechirish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olinib, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati asosida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4