Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Namangan shahar “Obi hayot” mahallasi hududida joylashgan 1-sonli umumta'lim maktabida texnik bazasi o‘rganildi.

Namangan shahar “Obi hayot” mahallasi hududida joylashgan 

1-sonli umumta'lim maktabida texnik bazasi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyat mudiri N.Ubaydullayev hamda viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Abdullayev boshchiligida Namangan shahar 

“Obi hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 1-sonli umumta'lim maktabining moddiy-texnika bazasi va ta'lim jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida maktabdagi mavjud moddiy-texnika vositalarining sifati, ulardan samarali foydalanish darajasi hamda ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, pedagog jamoa bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ta'lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda ularni zamonaviy kasb va texnologiyalarga qiziqtirish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy ta'lim muhitini yaratish hamda ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4