Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
«Yetimqum» mahallasida «mahalla yettiligi» faoliyati o‘rganildi

#kunlik_ish_reja_ijrosi

«Yetimqum» mahallasida «mahalla yettiligi» faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 10-Yetimqum saylov okrugidan saylangan deputat B. Ochildiyev o‘zi saylangan saylov okrugidagi «Yetimqum» mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahalla raisi, yoshlar yetakchisi hamda hokim yordamchisining o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari, aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlash borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada aholi bandligini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlaridagi ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi murojaatlarini manzilli o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3