Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Aholi qabuli: murojaat o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 26-“Yangi obod” saylov okrugidan saylangan deputat G.Paygamova tomonidan “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar batafsil o‘rganildi.

Qabul davomida “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘ini, A.T.Xuqandiy mavzesi 117-uy, 38-xonadonda yashovchi fuqaro Rustamova Nigoraxon tomonidan uy-joyini ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish bo‘yicha murojaat qilindi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan batafsil o‘rganilib, masalaning amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Murojaatni ijobiy hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Fuqaroning murojaati deputat nazoratiga olinib, masalaning belgilangan tartibda hal etilishi yuzasidan tegishli ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4