Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
#Ekspert_guruhi_faoliyati #Doimiy_komissiya_faoliyati ⚡️ Kuz-qish mavsumida elektr energiyasi ta’minoti

#Ekspert_guruhi_faoliyati
#Doimiy_komissiya_faoliyati

⚡️ Kuz-qish mavsumida elektr energiyasi ta’minoti

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi o‘rganish doirasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari hamda elektr energiyasi ta’minoti holati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumida elektr energiyasi ta’minotini barqarorlashtirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, elektr tarmoqlari hamda tegishli infratuzilmalarning mavsumga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berilib, mavsum davomida aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini barqaror ta’minlash, uzilishlarning oldini olish va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha masalalar ko'rib chiqildi.

Mazkur masalaning doimiy komissiya tomonidan o‘rganilishi deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratildi.

Slide 1 of 1