Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
GAVHAR MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Ahmedov Shuxrat Murotovich tomonidan “Gavhar” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlar faoli Xalikova Dilafruz tomonidan xotin-qizlarning murojaat va muammolarini o‘rganish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda ehtiyojmand ayollarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning muammolarini mahallaning o‘zida aniqlash va manzilli hal etish, ularning bandligi va ijtimoiy faolligini oshirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud masalalarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
🤝 Har bir murojaat — e’tiborda, har bir muammo — yechim izlashda.