Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #24_tavsiya_ijrosi #deputat_faoliyati Manguzar mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarning joylardagi amaliy holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov, shahar Kengashining 5-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati I.Tangirov hamda 17-“Surxon sohili” saylov okrugi deputati B.Rahmatullayev ishtirokida “Manguzar” mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala — hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, ayniqsa, “qizil” va “sariq” hududlarda jinoyatchilikni barvaqt aniqlash va uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylardagi holat o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i F.Abdumannotov bilan hamkorlikda Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ko‘chalarni tungi yoritish hamda obodonlashtirish ishlari yuzasidan nazorat-tahlil ishlari olib borildi.

Xususan, mahalladagi ichki ko‘chalarning mavjud holati, yo‘l qoplamalarining saqlanish darajasi, aholining piyoda va transport vositalarida harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ko‘chalarning tungi vaqtda yoritilishi, mavjud yoritish moslamalarining holati va ularning sozligi, aholining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash borasidagi sharoitlar o‘rganildi.

Bundan tashqari, mahalla hududida obodonlashtirish, sanitariya tozaligi, ko‘chalar va umumiy foydalanishdagi hududlarning holati, hududni yanada obod va ko‘rkam qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Nazorat-tahlil tadbiri davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganishlar navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni joylarda chuqur tahlil qilish, ularning amaldagi ijrosini baholash va sessiyada muhokama qilinadigan masalalar bo‘yicha asoslangan xulosalar shakllantirishga qaratilgan.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan hududlarda nazorat-tahlil tadbirlari davom ettirilib, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Slide 1 of 4