Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
🏛 SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI E’TIBORDA

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi qoidalari masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, 21-“G‘urjak” saylov okrugi deputati Z.Eshmurodova tomonidan “Qulluqsho” mahallasida yashovchi saylovchilar bilan individual uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari va muammolari atroflicha o‘rganildi.

🗣 Ochiq muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va istaklarini bildirdilar. Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

🤝 O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda murojaatlarning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

📌 Deputat tomonidan saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish, ularning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq bilan muloqot — muammoni hal etishning muhim omilidir!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3