Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_mudiri #kotibiyat_xodimi_faoliyati #162_qonun #biriktirilgan_tashkilot "BIO TEXNO EKO" MCHJ faoliyati "Chiqindilar to‘g‘risida"gi Qonun doirasida tahlil qilindi
Termiz shahrida ekologik osoyishtalikni ta’minlash, san-tozalash xizmatlari sifatini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlarning shaffofligini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, ekspert guruhi a’zosi X.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar shaharda chiqindilarni yig‘ish va tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “BIO EKO TEXNO” MCHJda bo‘lib, nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

MCHJ faoliyati O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 362-II-sonli “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida, maxsus ishlab chiqilgan tahliliy savolnomalar yuzasidan atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xususan, savolnomalar orqali quyidagi muhim yo‘nalishlar baholandi:

- Chiqindilarni olib chiqish jadvali: Mahallalarda maishiy chiqindilarni tasdiqlangan grafiklar asosida o‘z vaqtida olib chiqib ketish tizimi, maxsus texnikalarning yetarliligi va yo‘nalishlar (logistika) qamrovi;

- Utilizatsiya va qayta ishlash: Chiqindilarni saralash, zararsizlantirish, qayta ishlash hamda ekologik xavfsiz poligonga joylashtirish talablariga rioya etilishi;

- Sanitariya va gigiyena talablari: Chiqindi to‘plash shaxobchalari va texnikalarning sanitariya qoidalariga muvofiqligi, chiqindilarning atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish choralari;

- Aholi bilan ishlash tizimi: Fuqarolar bilan shartnomalar tuzish, debitor qarzdorliklarni kamaytirish, to‘lov tizimlarining shaffofligi va billing tizimining ishlash darajasi.

Deputatlar korxonaning maxsus texnikalari holati, xodimlarning ish yuklamasi hamda aholidan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash tizimini o‘rgandilar. Ba’zi mahallalarda chiqindilarni olib chiqish grafiklarining buzilishi va bu borada aholining haqli e’tirozlari yuzaga kelayotganligi ko‘rsatib o‘tildi.

"Chiqindilar to‘g‘risidagi Qonun talablariga rioya etish har bir hududning sanitariya-epidemiologik barqarorligini belgilab beradi. 'BIO EKO TEXNO' MCHJ tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati har bir mahallamizda va har bir xonadonda amalda sezilishi shart. Chiqindi to‘plash shaxobchalari tozaligi va texnikalarning uzluksiz ishlashini ta'minlash korxona rahbariyatining bosh vazifasidir," — deya ta'kidladi deputat.

O‘rganish yakunida aniqlangan uslubiy va texnik kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, mahallalarda chiqindilarni olib chiqish grafiklarini optimallashtirish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha korxona rahbariyatiga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Tahlil natijalari doimiy komissiya muhokamasiga kiritilishi belgilab olindi.
Slide 1 of 3