Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
ISMATULLA RAIMOV — YOSHLAR KAMOLOTIGA BAG‘ISHLANGAN UMR

Zomin tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jamoatchilik kengashi raisi Ismatulla Raimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Ushbu yuksak e’tirof munosabati bilan Jizzax viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i, O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi raisi Erkin Xalmatov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyati Kengashi raisi Nusratulla Pardayev, “Nuroniy” jamg‘armasi Zomin tuman bo‘limi raisi O‘rol Akkulov, Zomin tumani hokimi Alisher Abdug‘aniyev hamda Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi kotibiyati mudiri Muhammadi G‘oibnazarov tomonidan Ismatulla Raimovga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ismatulla Raimovning yoshlar bilan ishlash, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga hissa qo‘shish, hayotda munosib yo‘l topishiga ko‘maklashish borasidagi ko‘p yillik faoliyati alohida e’tirofga loyiq. U o‘zining boy hayotiy tajribasi, samimiy maslahati va ibratli faoliyati bilan yosh avlod uchun munosib namuna bo‘lib kelmoqda.

Yoshlar murabbiyi — shunchaki kasb yoki lavozim emas. Bu ishonch, mas’uliyat va katta hayotiy tajribani yosh avlodga ulashishdek sharafli vazifadir. Ismatulla Raimovning faoliyati ana shu ezgu maqsadga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotganini namoyon etadi.

Yoshlar qalbiga ezgulik, vatanparvarlik va mas’uliyat tuyg‘ularini singdirib, ularni hayotga tayyorlash yo‘lida mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarning fidoyiligi jamiyat kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega.

Ismatulla Raimovning yuksak faxriy unvon bilan taqdirlanishi — yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan ko‘p yillik mehnatining munosib e’tirofidir.

Slide 1 of 3