Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
🏛 MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI



🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, 25-Amir Temur saylov okrugidan saylangan deputat A. Arslonovga biriktirilgan Kengash kotibiyati mudiri A. Baxromov tomonidan Tillaobod MFYda mahalladagi yoshlar yetakchisi Raimbekova Shavkiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi faoliyat o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida mahallada 14–30 yoshdagi 499 nafar yosh istiqomat qilishi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga o‘rgatish hamda ta’lim olishga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔹 Joriy oy davomida 19 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.
🔹 Shuningdek, yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, 5 nafar yosh kasb-hunarga jalb etilgan.
🔹 Mahalladagi yoshlar orasida 13 nafar yosh oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgani qayd etildi.

✅O‘rganish yakunida yoshlar bandligini yanada ta’minlash, ularni kasb-hunarga keng jalb etish, oliy ta’limga yo‘naltirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3