Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#21_band
#162_qonun
#deputat_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Quduqsoy" mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari o‘rganildi

Bandixon tumanida mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning ijro intizomini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 19-“Quduqsoy” saylov okrugidan saylangan deputat G.Xolmatova "Quduqsoy" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, kriminogen holat va profilaktika inspektori faoliyatini o‘rgandi.

Tadbir deputatlik faoliyatining "24 ta eng muhim yo‘nalishi", O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarori talablari doirasida o‘tkazildi. Monitoring jarayonida profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan manzilli ishlash, nizoli oilalardagi ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt bartaraf etish hamda mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar topshirildi.

Slide 1 of 1