Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan Altintau OFY hududida joylashgan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi, sinfxonalar va boshqa xonalarining mavsumga tayyorgarligi, yoqilg‘i zaxiralari, elektr ta’minoti hamda bino-inshootlarning kuz-qish sharoitiga mosligi ko‘zdan kechirildi.

🔥 Shuningdek, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim sharoitlarini yaratish, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunida mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, isitish tizimlarini doimiy nazoratda ushlab turish va mavsum davomida ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

🌨 Sifatli ta’lim uchun avvalo munosib va qulay sharoit!

Slide 1 of 5