Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bandixon" mahallasida aholi murojaatlari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini tinglash hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga amaliy yechim topish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 1-“Bandixon” saylov okrugidan saylangan deputat X.Abdimo'minov "Bandixon" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida aholining yashash sharoitlari, bandlik, ijtimoiy ko‘mak hamda ichki yo‘llar va kommunal-infratuzilma bilan bog‘liq masalalar atroflicha tahlil qilindi.

Muloqotlar chog‘ida bildirilgan murojaatlar ro‘yxatga olinib, ularni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ijrosi Kengash tomonidan nazorat qilib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 1