Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
11-BAND IJROSI YUZASIDAN: TA’LIM TASHKILOTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
3-BAND IJROSI YUZASIDAN: 76-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI HUDUDIGA KIRISH QISMI BO‘YICHA ISHLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
1-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yangi qiyofaga kiradi
янв.21
MAKTAB OSHXONASIDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK MFYDA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI
янв.21
4-BAND IJROSI YUZASIDAN: KICHIK TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
SHAHAR RAHBARI FUQARO MUROJAATI BO‘YICHA BOG‘ISTON MAHALLASIGA BORDI
янв.21
SHAHAR HOKIMI YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT QILDI
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala
#11_BAND

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Tuman Tibbiyot birlashmasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi

✅Bandixon tumanida ijtimoiy soha ob’ektlari, xususan, tibbiyot muassasalarini bo‘lajak kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash va issiqlik ta’minoti uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 1-Bandixon saylov okrugi deputati H.A.Abdimo‘minov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tuman Tibbiyot birlashmasida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.

✅Monitoring davomida isitish qozonxonalari va pechlarning texnik holati, mavsum uchun jamg‘arilgan ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi hamda favqulodda holatlarda ishlovchi generator va muqobil elektr energiya qurilmalarining sozligi tahlil qilindi.

✅O‘rganish natijasida aniqlangan ayrim texnik kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, issiqlik zaxirasini mustahkamlash va bemorlar uchun qulay sharoitlarni kafolatlash yuzasidan deputat tomonidan tibbiyot muassasasi mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi.

✅Mavsumga tayyorgarlik ishlari Kengash nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 1