Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Mahalla – osoyishtalik tayanchi: “Quvonch” MFYda jinoyatchilikka qarshi samarali choralar muhokama qilindi

Mahalla – osoyishtalik tayanchi: “Quvonch” MFYda jinoyatchilikka qarshi samarali choralar muhokama qilindi

Jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada mahalla instituti nafaqat ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtiruvchi, balki jinoyatchilikka qarshi kurashda muhim tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda.

Namangan shahar “Quvonch” MFY idorasida shahar hokimi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov, “mahalla yettiligi” a’zolari, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirokida hududni jinoyatchilikdan holi maskanga aylantirish masalasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Muhokamalar davomida jinoyatchilik, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida uchrayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish masalasi kun tartibining asosiy mavzusi sifatida ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar tomonidan bu borada mahallaning o‘rni va mas’uliyati nihoyatda katta ekani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, nuroniylar bilan hamkorlikda yoshlar tarbiyasini kuchaytirish, ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish orqali salbiy holatlarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Davra suhbatida jinoyatchilikka qarshi kurashishda targ‘ibot ishlarini zamonaviy yondashuvlar asosida olib borish, jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish hamda mahalla faollarining faolligini oshirish yuzasidan yangi taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Yig‘ilish yakunida bildirilgan fikr va takliflarni amaliyotga tatbiq etish orqali “Quvonch” mahallasini yanada tinch, xavfsiz va namunali hududga aylantirish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.
 

Slide 1 of 4