Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Deputat va mahalla yettiligi ishtirokida profilaktik yo‘nalishdagi yig‘ilish o‘tkazildi

Deputat va mahalla yettiligi ishtirokida profilaktik yo‘nalishdagi yig‘ilish o‘tkazildi

🏫 Joriy yilning 2026-yil 9-aprel sanasida Namangan shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 46-son umumta’lim maktabida o‘quvchilar ota-onalari ishtirokida profilaktik yo‘nalishdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

🏛 Mazkur yig‘ilishda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati To‘raboyeva Shaxnoza, mahalla yettiligi a’zolari, maktab ma’muriyati, sinf rahbarlari hamda bitiruvchi sinf o‘quvchilarining ota-onalari ishtirok etdilar.

🗣 Yig‘ilish davomida o‘quvchilar o‘rtasida erta turmush qurish holatlarining oldini olish, giyohvandlik va boshqa zararli illatlarga qarshi kurashish, voyaga yetmaganlarning avtomobil boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, bitiruvchi sinflarda turli xil bitiruv kechalari, dabdabali tadbirlar hamda avtokortejlar tashkil etilishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📋 Shuningdek, tadbir davomida ota-onalar bilan farzandlar tarbiyasi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, nazoratni kuchaytirish hamda yoshlarni turli salbiy holatlardan asrash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

⚠️ Yig‘ilishda yoshlar tarbiyasi, ularning sog‘lom turmush tarzi, ma’naviy-axloqiy kamoloti, xavfsizligi hamda kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

🤝 Tadbir davomida deputat, mahalla faollari, maktab jamoasi va ota-onalar o‘rtasida o‘zaro fikr almashilib, voyaga yetmaganlar nazoratini kuchaytirish, yoshlar tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi qayd etildi.

✅ Yoshlar tarbiyasi va xavfsizligini ta’minlashda mahalla, maktab, ota-onalar hamda jamoatchilik hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 3