Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Qonun ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o'rganish olib borildi

#162_ta_Qonun_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik

Qonun ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o'rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 14-“Qishloqozon” saylov okrugidan saylangan deputat J.Xudoyqulovaning saylov okrugidagi “Qishloqozon” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev tomonidan hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan hududdagi aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-son Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida olib borilib, unda belgilangan talablarning amaliyotdagi ijrosi, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3