Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala joylarda o‘rganildi

#Sessiya_kun_tartibidagi_masala
#kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati
#nazorat_tahlil #doimiy_komissiya_faoliyati

Sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala joylarda o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 11-Sariq saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Alimovning saylov okrugidagi «Do'stlik» mahallasida joylashgan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Q. Igamberdiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish va ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan murojaat xatida ko‘tarilgan masala asosida tashkil etildi.

Mazkur masalada tuman hokimligi huzuridagi «Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tumandagi 14 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida nogironligi bo‘lgan bolalarni yakka tartibdagi ta’limdan inklyuziv ta’limga jalb etish maqsadida inklyuziv sinfxonalarni ta’mirlash uchun mablag‘ ajratish taklifi ilgari surilgan.

Shu munosabat bilan "Do'stlik" mahallasidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv ta’limni tashkil etish uchun mavjud sharoitlar, ta’mirlash va jihozlashga ehtiyoj mavjud bo‘lgan xonalar holati hamda o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish imkoniyatlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida maktab mas’ullari bilan suhbatlashilib, inklyuziv ta’lim uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash, sinfxonalarni moslashtirish hamda nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish natijalari navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi va sessiyada mazkur masalani muhokama qilish hamda tegishli takliflarni shakllantirishda foydalaniladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1