Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
“Zarafshon” mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o‘rganildi

“Zarafshon” mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o‘rganildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Zarafshon” mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
⚡️O‘rganish davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish, ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
⚡️Shuningdek, kambag‘al oilalarni aniqlash va ularning muammolarini manzilli hal etish, ehtiyojmand fuqarolarni mavjud imtiyoz va ko‘maklardan foydalanishga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚡️Mas’ullarga aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
⚡️Aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning farovonligini oshirish va munosib turmush sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettiriladi.

Slide 1 of 5