Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Qurilish mollari bozoridagi narx-navo va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi

Bugun Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, deputat S. Amonov tomonidan tuman Kengashining 15-“Yangi shahar” saylov okrugi deputati D. Qo‘ziyevaning saylov okrugi hududidagi «Yangi shahar» mahallasida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyaning 11-yo‘nalishi — «Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi» yuzasidan qurilish mollari bozorida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida bozorda sotilayotgan asosiy qurilish materiallarining narxlari, mahsulotlar turi va ularning aholi ehtiyoji uchun yetarliligi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, savdo jarayonlarining tashkil etilishi, xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda aholi ehtiyojidan kelib chiqib qurilish materiallariga bo‘lgan talabni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, bozorda aholi uchun zarur qurilish materiallari turi va miqdorini yetarli darajada ta’minlash, narx-navo bo‘yicha monitoring ishlarini muntazam olib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Aholi ehtiyojini o‘rganish, zarur mahsulotlar mavjudligi va narx-navo holatini nazorat qilish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 9