Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Buni_bilasizmi

🏛 Xalq deputatlari mahalliy Kengashi Kotibiyati nima bilan shug‘ullanadi?

Xalq deputatlari tuman Kengashi Kotibiyati — mahalliy Kengash, uning doimiy komissiyalari va deputatlari faoliyatini tashkiliy, huquqiy, axborot-tahliliy hamda boshqa yo‘nalishlarda ta’minlovchi tuzilmadir.

📌 Kotibiyatning asosiy vazifalari:
🔹 Kengash sessiyalari va doimiy komissiyalar majlislarini tashkil etish;
🔹 deputatlarning o‘z vakolatlarini amalga oshirishiga tashkiliy va huquqiy ko‘maklashish;
🔹 Kengash qarorlari loyihalarini tayyorlash, kelishish va ularning ijrosini nazorat qilish;
🔹 hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va “yo‘l xaritalari” ijrosini o‘rganishga ko‘maklashish;
🔹 mahallalarda mavjud muammolarni deputatlar va “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda o‘rganish;
🔹 deputat so‘rovlari va murojaatlarini monitoring qilish;
🔹 davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining Kengashdagi hisobotlari hamda axborotlarini eshitishni tashkil etishga ko‘maklashish;
🔹 “Kengash.gov.uz” va “Ijro.gov.uz” elektron tizimlaridan samarali foydalanishni ta’minlash;
🔹 Kengashning Oliy Majlis Senati va uning qo‘mitalari bilan hamkorligini tashkil etish;
🔹 Kengash faoliyatini ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda yoritishga ko‘maklashish.

👥 Kotibiyat xodimlari oliy ma’lumotli, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatiga oid qonunchilikni biladigan, hujjatlar bilan ishlash va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega mutaxassislar orasidan tanlanadi.

🤝 Asosiy maqsad — mahalliy Kengash va deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish, aholi murojaatlari va hududiy muammolarni o‘rganish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda Kengash faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlash.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri Tursunov Otabek Tojiyevich

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1