Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
QONUNCHILIKKA E’TIBOR


QONUNCHILIKKA E’TIBOR

⚡️ Elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-sonli “Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi belgilangan.

✅ Mazkur hujjat elektr tarmoqlariga ulanish bilan bog‘liq murojaatlarni ko‘rib chiqish, texnik shartlarni rasmiylashtirish hamda ulash jarayonlarini tashkil etishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

✅ yangi obyektlarni elektr tarmoqlariga ulash;
✅ mavjud elektr quvvatini oshirish;
✅ elektr tarmog‘iga ulanish turini o‘zgartirish;
✅ texnik shartlarni qayta rasmiylashtirish;
✅ davlat xizmatlaridan belgilangan tartibda foydalanish;
✅ murojaatlarni ko‘rib chiqish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish.

📌 Xizmatdan foydalanish jarayonida ariza beruvchi tomonidan belgilangan tartibda murojaat qilinadi, zarur ma’lumot va hujjatlar taqdim etiladi hamda elektr tarmog‘iga ulanish uchun texnik shartlar rasmiylashtiriladi.

✅ Elektr tarmoqlariga ulanish jarayonining aniq tartib asosida amalga oshirilishi iste’molchilar uchun qulaylik yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni kamaytirish va davlat xizmatlarining shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.

✅ Mazkur qaror bilan belgilangan tartiblarni bilish fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va boshqa iste’molchilar uchun elektr tarmoqlariga ulanish bilan bog‘liq masalalarni qonuniy va to‘g‘ri hal etishda muhim ahamiyatga ega.