Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
8-SONLI MAKTABDA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILINGAN SHAROITLAR O'RGANILDI

Maktabda ta’lim sifati faqat dars jarayoni bilan cheklanmaydi. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish hamda turli yo‘nalishlardagi to‘garaklarga jalb etish yoshlarning kelgusidagi rivoji uchun muhim ahamiyatga ega.

Shu nuqtayi nazardan, Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G. Raimova tomonidan Do‘stlik mahallasidagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, to‘garak xonalari va ta’limdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish holatiga e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, to‘garak xonalarining holati, mashg‘ulotlar uchun zarur sharoit va jihozlarning mavjudligi, shuningdek, o‘quvchilarning to‘garaklarga qamrovi yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

To‘garaklarda o‘quvchilarning qiziqish va iqtidorini rivojlantirish, ularni fan, madaniyat, san’at, sport hamda boshqa yo‘nalishlarga jalb etish, mashg‘ulotlarni mazmunli va samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, G. Raimova maktab mas’ullari bilan suhbatlashib, o‘quvchilar uchun mavjud sharoitlardan foydalanish samaradorligi, to‘garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘quvchilarning qiziqishlarini inobatga olgan holda yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan fikr almashdi.

Suhbat davomida o‘quvchilarni to‘garaklarga kengroq jalb qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mashg‘ulotlar sifatini oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Yakunda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, to‘garaklar faoliyatini tizimli tashkil etish hamda ta’limdan tashqari mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3