Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
😎 MUNOSABAT

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida Nukus shahrida o‘tkazilgan yig‘ilish Qoraqalpog‘istonning, xususan Amudaryo tumanining har tomonlama rivojlanishi uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami kunlarida berilgan yangi imkoniyatlar va yirik loyihalar ahli tomonidan katta ko‘tarinkilik bilan kutib olindi.

Joriy yilning birinchi yarmida Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti 10,2 foizga o‘sib, mamlakatda 2-o‘rinni egallagani yaratilgan sharoitlar va imtiyozlarning yaqqol amaliy natijasidir.

Deputat sifatida yig‘ilishda belgilangan quyidagi muhim yo‘nalishlarni alohida ta’kidlashni burchim deb bilaman:
Infratuzilma va amaliy g‘amxo‘rlik: Tumanimizda 2 ming o‘rinli amfiteatr foydalanishga topshirilgani, A-380 magistral yo‘lining navbatdagi 92 km qismi qurilishi hamda kelasi yil mart oyidan Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yilishi bilan yo`lga ketadigan vaqt 16 soatdan 7 soatga qisqarib aholimiz uchun katta qulaylik yaratiladi.

«Yashil» energiya va ekologiya: Hududda «yashil» energiya ulushi 76 foizga yetkazilishi, Qo‘ng‘irotda 1,5 ming megavattli shamol stansiyasi qurilishi va Orolning 50 ming gektarida «o‘rmon karbon krediti» dasturining yo‘lga qo‘yilishi ekologik barqarorlik va qo‘shimcha daromad manbaidir.

Sanoat va yangi ish o‘rinlari: «Qo‘ng‘irot – Qorao‘zak – Taxiatosh» yashil sanoat yo‘lagi, sun’iy intellekt loyihalari hamda kimyo va geologiya sohasidagi tashabbuslar hisobidan minglab yuqori daromadli yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Biz, O‘zLiDeP deputatlari ushbu strategik vazifalarning Amudaryo tumanida o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan doimiy deputatlik nazoratini olib boramiz hamda islohotlar samarasini har bir oilaga yetkazish uchun faol mehnat qilamiz.

Kazakov Madamin Rajapovich
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati