Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 4-Bog‘ibaland saylov okrugidan saylangan deputat Munisov Abduaziz Abdulboriyevich Bog‘ibaland, Jo‘yichuqur, Xo‘jaqishloq, Azizон, Gulobod, Yuksalish hamda Zarafshon MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 7-Chorraha saylov okrugidan saylangan deputat Xakimov Umid Akobirovich Xilol, Xoja Zudmurod, So‘fi Roziq, Ko‘kmasjid, Yangi Hayrobod, Dahbediy hamda Qo‘shhovuz MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA O‘TGAN DAVR FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI
янв.21
20-BAND IJROSI: ERTA NIKOHLARNING OLDINI OLISH VA YOSH OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH
янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
Sessiya oldi o‘rganish

Amudaryoda deputatlar mahalla institutini rivojlantirish va jamg‘arma mablag‘larining sarflanishini o‘rgandilar

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri Mansur Urazbayev hamda "Adolat" SDP va O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashlari rahbarlari hamkorlikda biriktirilgan tashkilot — O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Amudaryo tuman bo‘limida bo‘ldilar.

O‘rganishlar Kengash ish rejasiga muvofiq navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan muhim masalaga bag‘ishlandi. Zero, bo‘lajak sessiyada tuman bo‘limi rahbarining:
“Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi” daromadlari va xarajatlari ijrosi;

Mahalla institutini rivojlantirishga qaratilgan farmon va qarorlarning tumandagi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti tinglanishi rejalashtirilgan.

Sessiya oldi o‘rganish jarayonida deputatlar va partiya vakillari jamg‘arma mablag‘larining maqsadli va samarali yo‘naltirilishi, mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning hal etilishi hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligiga alohida e’tibor qaratdilar.

Slide 1 of 3