Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 4-Bog‘ibaland saylov okrugidan saylangan deputat Munisov Abduaziz Abdulboriyevich Bog‘ibaland, Jo‘yichuqur, Xo‘jaqishloq, Azizон, Gulobod, Yuksalish hamda Zarafshon MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 7-Chorraha saylov okrugidan saylangan deputat Xakimov Umid Akobirovich Xilol, Xoja Zudmurod, So‘fi Roziq, Ko‘kmasjid, Yangi Hayrobod, Dahbediy hamda Qo‘shhovuz MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA O‘TGAN DAVR FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI
янв.21
20-BAND IJROSI: ERTA NIKOHLARNING OLDINI OLISH VA YOSH OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH
янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
DEPUTATLIK O‘RGANISHI: OILALARNING MUAMMOLARIGA INDIVIDUAL YONDASHUV

 DEPUTATLIK O‘RGANISHI: OILALARNING MUAMMOLARIGA INDIVIDUAL YONDASHUV
📍Yangisanoat mahallasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati B.Sadikova tuman Kengash kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida, Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda o‘rganish olib bordi.
🔎 O‘rganish davomida oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, shuningdek, tibbiy, ta’lim va boshqa ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi.
🏠 Shuningdek, oilalarning yashash sharoiti, xonadonni saqlash madaniyati, sanitariya holati hamda tomorqadan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish hamda oilalarning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
📋 O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda individual rejalarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar shakllantirildi.
Bugungi deputat — muammoni aniqlaydi, yechimni izlaydi va natijani nazorat qiladi.

Slide 1 of 2