Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja
#Kengash_raisi
#deputat_faoliyati
#162_qonun
#Biriktirilgan_tashkilot

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Tuman IIBda kriminogen vaziyat va profilaktik tadbirlar samaradorligi tahlil qilindi

Bandixon tumanida jamoat xavfsizligini kafolatlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi E.N.Jurayev, tuman Kengashi deputati O.Jumayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tuman IIBda bo‘ldilar.

Tadbirda tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik J.To‘rayev tumandagi 22 ta mahalla kesimida huquqbuzarliklar statistikasi va profilaktik ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, olib borilgan manzilli chora-tadbirlar natijasida tumandagi 22 ta mahalladan 18 tasi "yashil", 3 tasi "sariq" va 1 tasi "qizil" toifani tashkil etmoqda.

Monitoring jarayonida "qizil" va "sariq" toifadagi mahallalarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, huquqbuzarliklarga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda profilaktika inspektorlarining aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar topshirildi.

Slide 1 of 1