Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
YOSHLAR BANDLIGI — DEPUTATLIK E’TIBORIDA

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #bandlik_masalasi

YOSHLAR BANDLIGI — DEPUTATLIK E’TIBORIDA

🗂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-son Farmoni bilan aholi bandligini ta’minlash, barqaror ish o‘rinlarini yaratish, oilalar daromadini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.

🇺🇿 Mazkur vazifalar ijrosi doirasida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "4-Qoryog‘di" saylov okrugi deputati Djalalov Sanjar Gayratovich tomonidan yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.

📇 Xususan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bitiruvchi talaba-yoshlari uchun “Ishga marhamat” loyihasi doirasidagi tadbir tashkil etilishiga deputat tashabbuskorlik qildi.

↗️ Tadbirning asosiy maqsadi bitiruvchi yoshlarni munosib va doimiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish, ularning mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirish hamda kelgusida o‘z kasbiy yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib borishiga ko‘maklashishdan iborat.

🧠 Tadbir davomida yoshlarning bilim va ko‘nikmalariga mos ish o‘rinlarini aniqlash, ularni ish beruvchilar bilan bog‘lash hamda bandligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

💹 Shuningdek, deputat tomonidan mahalla hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda talaba-yoshlarni ishga jalb etish, ular uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlash va munosib ish bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rib borilmoqda.

📈 Yoshlarning doimiy ish o‘rniga ega bo‘lishi nafaqat ularning daromadini ta’minlash, balki kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, hayotda o‘z o‘rnini topishi va kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ishlar deputatlik nazorati va amaliy tashabbuslar asosida izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5