Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
DO‘RMONSOY MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MANZILLI ISHLAR

DO‘RMONSOY MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MANZILLI ISHLAR
👤 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 28-saylov okrugi deputati Shukurov O‘tkirjon Normamatovichning Do‘rmonsoy mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha faoliyat rejasi asosida ishlar olib borilmoqda.
🤝 Faoliyat rejasi doirasida viloyat Kengashidan mas’ul deputat G. Qo‘chqorova, tuman Kengashidan mas’ul deputat U. Shukurov hamda biriktirilgan mas’ullar bilan hamkorlikda mahalladagi mavjud muammolarni manzilli o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich hal etish choralari belgilangan.
🏠 Ijtimoiy reestrdagi 18 ta oila bilan individual ishlash, ularga ijtimoiy, ta’lim va tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish, ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilangan.
👷‍♂️ Shuningdek, mahalladagi 28 nafar ishsiz fuqaroning doimiy ish bilan ta’minlanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish, mikroloyihalarni tashkil etish orqali kamida 4 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
🌍 Uzoq muddat mehnat migratsiyasida bo‘lgan 140 nafar fuqaroning oila a’zolari bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarning bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ham nazoratga olingan.
🏘 Mahalla infratuzilmasini yaxshilash yo‘nalishida:
🔹 2 dona transformator punktini mukammal ta’mirlash;
🔹 1,8 km elektr uzatish tarmog‘ini ta’mirlash;
🔹 3,46 km ichki ko‘chalarda asfaltlashtirish ishlarini amalga oshirish;
🔹 ko‘chalarni tozalash va obodonlashtirish;
🔹 ariqlarni tozalash ishlari belgilangan.
💻 Bundan tashqari, Do‘rmonsoy mahallasida yoshlarni xorijiy tillar va raqamli texnologiyalarga o‘qitishga mo‘ljallangan IT shaharcha bino va inshootlarini barpo etish, shuningdek, 6-sonli maktab hududida kutubxona tashkil etish bo‘yicha vazifalar ham rejalashtirilgan.
📋 Mazkur yo‘nalishlardagi ishlarning ijrosi muntazam deputatlik nazoratiga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda har hafta va har ikki haftada monitoring qilib boriladi.
🎯 Maqsad — Do‘rmonsoy mahallasida har bir xonadon bilan manzilli ishlash, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish.