Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Kengash_faoliyati
“Obod yurt” mahallasida aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi

Aholi bandligini ta’minlash, oilalarning barqaror daromad manbalarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish — doimiy e’tiborda.

Bandixon tumanida aholi farovonligini oshirish, ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish hamda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev, hamda kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar tuman Kengashning 12-“Obod yurt” saylov okrugi deputati N.Allamuratova okrugiga qarashli “Obod yurt” mahallasida bo‘lib, mahalladagi bandlik va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar holatini muhokama qildilar.

Muloqot davomida aholining daromadlarini oshirish, mavjud muammolarni manzilli hal etish va har bir xonadon bilan individual ishlashga alohida e’tibor qaratildi.

Xonadonbay ishlash — ishsiz, kam daromadli va ehtiyojmand oilalarning holatini chuqur tahlil qilish hamda ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual rejalarni shakllantirish;

Bandlikni ta’minlash — vaqtincha ishsiz fuqarolarni, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga manzilli yo‘naltirish;

Daromad manbalarini kengaytirish — fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

“Mahalla yettiligi” mas’uliyatini kuchaytirish — har bir xonadon bilan ishlash, muammolarni aniqlash va ularni amaliy hal etish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish.

Yakunda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlarini yo‘llash hamda ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishib olindi.
Slide 1 of 1