Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHAHAR RAHBARI FUQARO MUROJAATI BO‘YICHA BOG‘ISTON MAHALLASIGA BORDI
янв.21
SHAHAR HOKIMI YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT QILDI
янв.21
5-BAND IJROSI YUZASIDAN: BOG‘I SAFED MAHALLASIDA IJTIMOIY MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
23-BAND IJROSI YUZASIDAN: 11-SINF O‘QUVCHILARINING BANDLIGI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QONUN HUJJATLARINI CHUQUR O‘RGANISH — SAMARALI DEPUTATLIK NAZORATI GAROVIDIR
янв.21
DARI ZANJIR MAHALLASIDA FARZANDLAR TA’LIMI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
2-BAND IJROSI YUZASIDAN: 15-SON OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“Samarqand" gazetasining navbatdagi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 22-Bog‘ishamol saylov okrugidan saylangan deputat Pardayev Olim Mamayunusovich Bog‘ishamol, Bog‘ishifo, Tinchlik, Nafosat, Sadaf, Katta ariq, Yulduz, Qarshi yo‘li hamda Terakzor MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 29-Xo‘jasah at saylov okrugidan saylangan deputat Ergashev Bobur Safarboyevich Do‘stlik, Yuqori Xo‘jasah at, O‘rta Xo‘jasah at hamda Quyi Xo‘jasah at MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
«Birlashib, buyuk tarix yaratamiz» — ezgu g‘oyalar mazmun-mohiyati keng targ‘ib etildi

«Birlashib, buyuk tarix yaratamiz» — ezgu g‘oyalar mazmun-mohiyati keng targ‘ib etildi

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbus va g‘oyalar, yurtimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilinmoqda.

Shu maqsadda bugun Termiz tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi Prezident nutqida ilgari surilgan g‘oyalar mazmun-mohiyatini ochib berishga qaratilgan «Birlashib, buyuk tarix yaratamiz» nomli sharhning targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda deputatlar, jamoatchilik faollari, umumta’lim maktablari direktorlari hamda ilg‘or pedagoglar ishtirok etdi. Tadbirda Termiz davlat universiteti professori Islom Qarshiyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz tuman bo‘linmasi rahbari Dilshod Utaganov hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etib, davlatimiz rahbarining nutqida belgilangan ustuvor vazifalar, muhim tashabbuslar va 7 ta milliy dasturning mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Muloqot davomida inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, mahallalar taraqqiyotini ta’minlash kabi muhim masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.

Slide 1 of 9